AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda YTH ortidan ikki kishi halok bo‘ldi

Ma’lum bo‘lishicha, mashinani 14 yoshli bola boshqargan.

'Qashqadaryoda YTH ortidan ikki kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida voyaga yetmagan o‘smir mashina boshqarib, halokatga uchradi. Mashina ichida bo‘lgan sheriklaridan ikki nafari hodisa joyida vafot etdi. Bu haqda “Hudud” dasturida ma’lum qilindi.

Bildirishicha, joriy yilning 19-aprel kuni Qarshi tumani “Qozikent” mahallasida 14 yoshli voyaga yetmagan bola o‘z otasining mashinasini ruxsatsiz olib chiqqan va halokatga uchragan. Oqibatda avtomashina ichida bo‘lgan uning ikki nafar do‘sti voqea joyida halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, mashina salonida jami 5 kishi bo‘lgan. 2011 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi “Gentra” rusumli mashinani tez haydashi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ayni damda Qarshi tuman ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiya qamoqxonasidan tunnel qazib qochgan o‘zbekistonliklarga hukm o‘qildi'ning rasmi

    Jamiyat 18.05.2025 21:55

    Rossiya qamoqxonasidan tunnel qazib qochgan o‘zbekistonliklarga hukm o‘qildi

    Ular 4,5 yildan 12,5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

    'Samarqandda ilk bor non festivali o‘tkazilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 18.05.2025 17:24

    Samarqandda ilk bor non festivali o‘tkazilmoqda

    Tadbir yakunida novvoylar mukofotlanadi.

    'Maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" bo‘lmaydimi?'ning rasmi

    Jamiyat 18.05.2025 16:42

    Maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" bo‘lmaydimi?

    Vazirlik "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha ma’lumot berdi.

    'Toshkentdagi ko‘chalardan biri 21 maygacha yopildi'ning rasmi

    Jamiyat 18.05.2025 14:52

    Toshkentdagi ko‘chalardan biri 21 maygacha yopildi

    Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 18.05.2025 14:06

    'Toshkent vidoyatidagi metan "zapravka" 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 18.05.2025 12:38