AsosiyJinoyat

Samarqandda uyida giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroning uyida giyohvand moddalaridan tashqari, qalbaki pullar ham bo‘lgan.

'Samarqandda uyida giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi'ning rasmi

Samarqand viloyatining Samarqand tumanida yashovchi shaxs xonadonida giyohvandlik vositalari va qalbaki pullarni saqlab kelayotganligi aniqlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “Nurafshon” mahallasida yashovchi 55 yoshli fuqaroning uyidan hovlisiga ko‘mib qo‘yilgan, gugurt qutilariga solingan giyohvandlik moddasi aniqlandi. Shuningdek, sellofan bo‘laklarga solingan 14,5 mln so‘m qalbaki pullar borligi ma’lum bo‘lgan.

"So‘ng giyohvandlik moddasi va soxta pullar xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan. Hozirda IIO tomonidan qo‘shimcha tezkor qidiruv tadbirlari olib borilmoqda",— deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar