AsosiyJamiyat

Qamchiqda Isuzu yuk mashinasi tormozi ishlamay qolishi sabab temir to‘siqqa urildi

Hodisadan so‘ng haydovchi shifoxonaga murojaat qilgan.

'Qamchiqda Isuzu yuk mashinasi tormozi ishlamay qolishi sabab temir to‘siqqa urildi'ning rasmi

Qamchiq dovonida Isuzu yuk mashinasi tormozi ishlamay qolishi oqibatida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda YHXX xabar qildi.

Holat 2025 yilning 28 aprel kuni soat 11:35 larda "Qamchiq" dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 Toshkent — O‘sh avtomobil yo‘li Toshkent — Vodiy yo‘nalishining 157-kilometrida sodir bo‘lgan. Unda Isuzu tormoz tizimida nosozlik kelib chiqqanligi sababli haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilgan.

Hodisa oqibatida Isuzu haydovchisi qo‘l sohalaridagi shilinish jarohati bilan Pop tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

    Boshqa yangiliklar