AsosiyJamiyat

Jahon banki O‘zbekistonga elektr tarmoqlari modernizatsiyasi uchun 100 mln dollar ajratadi

Mablag‘lar elektr energiyasi ta’minoti ishonchliligini oshirishga yo‘naltiriladi.

'Jahon banki O‘zbekistonga elektr tarmoqlari modernizatsiyasi uchun 100 mln dollar ajratadi'ning rasmi

Jahon banki O‘zbekistonga 100 million dollar imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi.

Jahon banki xabariga ko‘ra, mablag‘lar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini taqsimlash tarmoqlariga integratsiyalash va elektr energiyasi ta’minoti ishonchliligini oshirishga yo‘naltiriladi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" (HET) korxonasi ham ushbu dasturni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratadi — 50 million dollar.

Shu tarzda kelgusi besh yil ichida taqsimlash infratuzilmasini rivojlantirishga 150 million dollar sarmoya kiritiladi. Bu ustuvor hududlar, jumladan, Qoraqalpog‘iston va Surxondaryo viloyatlarini ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Loyihaning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:

6000 km past kuchlanishli elektr uzatish liniyalarini qurish va modernizatsiya qilish;

umumiy quvvati 250 megavolt-amper bo‘lgan 1200 ta taqsimlovchi transformatorni almashtirish va o‘rnatish;

HET tarmoqlarida tijorat elektr yo‘qotishlarini kamaytirishga yordam beradigan 150 mingta "aqlli" hisoblagichlarni ulash;

taqsimlovchi tarmoqlarni avtomatlashtirish va raqamlashtirishni ta’minlash uchun 4000 ta ma’lumotlar konsentratorini o‘rnatish.

    Boshqa yangiliklar