AsosiyJamiyat

Hajda ellikboshilik qilayotgan o‘zbekistonlik imom vafot etdi

Hozircha imomning vafotining aniq sabablari ma’lum emas.

'Hajda ellikboshilik qilayotgan o‘zbekistonlik imom vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilgi Haj mavsumida ziyoratchilarga ellikboshilik qilayotgan Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi Rakat jome masjidi imom-xatibi Rabbimqul Muhammadiyev vafot etdi. Bu haqda masjidning Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, imom Madinada betob bo‘lib, komaga tushib qolgan va bugun, 26 may kuni tongda vafot etgan.

“Madinada bugun, xastalikdan so‘ng Robbim huzuriga omonatlarini topshirdilar. Ilmli, ilmiga amal qilgan inson edilar. Yaqinlariga, shogirdlariga, oila a’zolariga sabr bersin”, deyiladi xabarda.

Hozircha imomning vafotining aniq sabablari ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, Rabbimqul Muhammadiyev 2019 yildan buyon Rakat masjidi imom-xatibi edi. Bunga qadar Olmazordagi Imom Termiziy masjidida imom-xatib bo‘lgan.

    Boshqa yangiliklar