AsosiyJamiyat

Andijonda erkakning behayo harakatlarni IIBga oshkor qilmaslik uchun iPhone talab qilgan ayol ushlandi

24 yoshli ayol oldindan 700 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

'Andijonda erkakning behayo harakatlarni IIBga oshkor qilmaslik uchun iPhone talab qilgan ayol ushlandi'ning rasmi

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaroning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tovlamachilik jinoyati fosh etildi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar qildi. 

2001 yilda tug‘ilgan ayol o‘zga tanish bo‘lgan erkak tomonidan unga nisbatan sodir etilgan uyatsiz buzuq harakatlar yuzasidan Ichki ishlar organiga qilgan arizasini qaytarib olish hamda ushbu holatni erkakning oila a’zolariga oshkor qilmaslik evaziga bir dona iPhone 16 Pro rusumli telefon apparatini olib berishligini talab qilib, oldindan 700 AQSH dollari olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar