AsosiyDunyo

AQSHda havodan benzin yaratadigan qurilma ixtiro qilindi

Bu uskuna atmosferadan uglerod dioksidini yutib, suv va qayta tiklanuvchi energiya yordamida avtomobillar uchun mos keladigan benzin ishlab chiqaradi.

'AQSHda havodan benzin yaratadigan qurilma ixtiro qilindi'ning rasmi

Nyu-Yorkda joylashgan Aircela startapi bevosita havodan benzin ishlab chiqaradigan yangi uskuna yaratdi. Bu uskuna tijorat muzlatkichi hajmida bo‘lib, atmosferadan uglerod dioksidini yutib, suv va qayta tiklanuvchi energiya yordamida avtomobillar uchun mos keladigan benzin ishlab chiqaradi. Bu jarayonda hech qanday yoqilg‘i talab etilmaydi. 

Aircela uskunasi har kuni 10 gallon (taqriban 38 litr) SO₂ gazini yig‘ib, 1 gallon (taqriban 3.8 litr) benzin ishlab chiqara oladi. Uskuna 17 gallongacha yoqilg‘ini saqlash imkoniyatiga ega. Bu benzin standart yoqilg‘i baklariga to‘g‘ridan to‘g‘ri quyilishi mumkin.

Aircela kompaniyasi uskunani 2025 yil kuzida ommaviy ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda. Uskuna turli mijozlar — shaxsiy foydalanuvchilardan tortib, yoqilg‘i quyish shoxobchalari va sanoat obyektlarigacha mo‘ljallangan.

Bu texnologiya nafaqat uglerod chiqindilarini kamaytirishga, balki mavjud avtomobillarning ekologik ta’sirini pasaytirishga ham xizmat qilishi mumkin. Aircela kompaniyasi bu usulni karbon-neytral yoqilg‘ilarni keng ommaga tezkor yetkazishning eng samarali yo‘li deb hisoblaydi. 

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar