AsosiyDunyo

Niderlandiya Bosh vaziri iste’foga chiqdi

Mamlakatda muddatidan oldin saylovlar bo‘lib o‘tadi.

'Niderlandiya Bosh vaziri iste’foga chiqdi'ning rasmi

Niderlandiya bosh vaziri Dik Sxof o‘z lavozimidan ketayotganini e’lon qildi. Bu haqda u Gert Vilders boshchiligidagi “Erkinlik partiyasi” (PVV) hukumatdan chiqishini bildirganidan so‘ng bayonot berdi.

Sabab — migratsiya siyosati yuzasidan jiddiy kelishmovchiliklar. Natijada hukumat parlamentdagi ko‘pchilik qo‘llovidan ayrildi.

Sxof hukumati 2023 yil noyabridagi saylovlardan so‘ng shakllangandi. O‘shanda PVV 23,49 foiz ovoz bilan g‘olib chiqqan. Biroq bosh vazirning o‘zi hech bir partiyaga a’zo emas, u mustaqil siyosatchi hisoblanadi.

Endilikda, qonunga ko‘ra, Sxof iste’fosini qirol Villem-Aleksandrga topshirishi lozim. Shundan so‘ng, amaldagi hukumat vaqtincha faoliyatini davom ettiradi. Yangi parlament saylovlari esa kuzdan erta bo‘lib o‘tmaydi.

    Boshqa yangiliklar