AsosiyDunyo

Islomni "noto‘g‘ri din" deb atagan ruhoniy lavozimidan olindi

Sochidagi Valaam monstiri vakili iste’foga chiqarildi.

'Islomni "noto‘g‘ri din" deb atagan ruhoniy lavozimidan olindi'ning rasmi

Rossiyadagi Valaam monastirining Sochidagi bo‘limi rahbari — sxiiqumon Gavriil lavozimidan ozod qilindi. Bu chora uning may oyida aytgan bahsli so‘zlari ortidan ko‘rilgan. U, xususan, islom dinini “noto‘g‘ri” deb atagan va musulmonlar haqida tahdidli ifodalar ishlatgan edi.

Gavriil o‘z va’zida musulmonlarni “boshqa din tarafdorlari” emas, “armiyaga teng kuch” deb atab, “mulla buyursa, ular Moskvadagi odamlarni qirg‘in qiladi, Ichki ishlar vazirligi bunga ulgurmaydi ham”, deya fikr bildirgan.

Ramzan Qodirovga yaqinligi bilan tanilgan, “Axmat” maxsus bo‘linmasi komandiri Apti Alaudinov bu so‘zlarga keskin munosabat bildirdi. U ruhoniyni “Dajjol askarlarining vakili” deb atab, “Rossiyada 30 million mahalliy musulmon yashaydi. Kim bo‘libsan o‘zi sen, bizga dinimizni noto‘g‘ri deyishga?” deya norozilik bildirgan.

Valaam monastiri matbuot xizmatining bayonotida “sxiiqumon”lavozimdan olinishi haqida ma’lumot berilgan, ammo bu qaror sabablari ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu monastirni bir necha bor ziyorat qilgan. 2024 yil iyul oyida Belarus va Rossiya prezidentlari aynan shu yerda yopiq muzokaralar o‘tkazgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Donald Tramp Tesla avtomobilidan qutulmoqchi'ning rasmi

    Dunyo 07.06.2025 16:41

    Donald Tramp Tesla avtomobilidan qutulmoqchi

    Tramp ushbu mashinani mart oyi boshida tanqidlarga uchrayotgan Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olgandi.

    'Sun’iy intellekt yordamida falaj bemor muloqot qila oldi'ning rasmi

    Dunyo 07.06.2025 10:52

    Sun’iy intellekt yordamida falaj bemor muloqot qila oldi

    Bu innovatsiyaga Ilon Mask asos solgan.

    'Ilon Mask demokratlarni qo‘llab-quvvatlashi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 06.06.2025 10:08

    Ilon Mask demokratlarni qo‘llab-quvvatlashi mumkin

    Ilon Mask va Tramp o‘rtasidagi keskin ochiq mojarodan so‘ng Vashingtonda siyosiy vaziyat keskin tus oldi.

    'Rossiya Kiyevga raketa va dronlar bilan hujum uyushtirdi'ning rasmi

    Dunyo 06.06.2025 09:21

    Rossiya Kiyevga raketa va dronlar bilan hujum uyushtirdi

    Hujum ortidan 4 kishi halok bo‘lib, 20 kishi yaralangan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 06.06.2025 08:09

    'Germaniya chegarasida rad etilganlar soni oshmoqda'ning rasmi

    Dunyo 06.06.2025 08:07

    Germaniya chegarasida rad etilganlar soni oshmoqda

    Joriy yilning 8 may sanasidan to shu kunga qadar 3 278 nafar migrant Germaniyaga kirish huquqidan mahrum etilgan.