AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi

Umumiy qiymati 5 milliard dollarlik birinchi navbatdagi qo‘shma loyihalar dasturi shakllantirildi.

'Shavkat Mirziyoyev BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Ushbu ko‘p tomonlama moliyaviy institut bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘tgan yil oktyabr oyidagi BRIKS sammiti doirasida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Xususan, bankning Boshqaruvchilar kengashi tomonidan O‘zbekiston Yangi taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishiga prinsipial rozilik berildi. Umumiy qiymati 5 milliard dollarlik birinchi navbatdagi qo‘shma loyihalar dasturi shakllantirildi.

Davlatimiz rahbari irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, tog‘-kon sanoatini rivojlantirish, xususiy sektorni moliyalashtirish, ta’lim va infratuzilma sohalarida davlat-xususiy sheriklikni ilgari surish kabi ustuvor yo‘nalishlarda loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalari qo‘llab-quvvatlandi.

    Boshqa yangiliklar