AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 33 yoshli ayolni xorijga fohishalikka jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga tushdi

Ayol aeroportda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

'Toshkent viloyatida 33 yoshli ayolni xorijga fohishalikka jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga tushdi'ning rasmi

Toshkent viloyatida 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yangiyo‘l shahrida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan ayol oson pul topish maqsadida o‘ziga tanish bo‘lgan Sergeli tumanida yashovchi 33 yoshli ayolni aldab, mo‘may daromad topishga ishontirib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Rossiyaning Moskva shahriga fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan. 

Holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, odam savdosi jinoyatini sodir qilgan shaxslar 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sirdaryoda qariyb 900 mlnlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:10

    Sirdaryoda qariyb 900 mlnlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    'Yuqori Chirchiqda 7 yoshli bola ota-onasi tomonidan kaltaklandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:46

    '"Samarqand qog‘ozi" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:40

    "Samarqand qog‘ozi" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

    Samarqand qog‘ozidan mahalliy miniatyurachi rassom va kalligraflar, Yaponiyadagi qadimiy yozma bitiklar va nodir asarlarni qayta ta’mirlashda foydalanishadi.

    'Metrodagi ayrim kassalar yopilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:23

    Metrodagi ayrim kassalar yopilmoqda

    13 ta metro bekati vestibyullaridagi kassalarni yopish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

    'Andijonda xotinini o‘ldirib, voqea joyidan qochib ketgan erkak ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:15

    Andijonda xotinini o‘ldirib, voqea joyidan qochib ketgan erkak ushlandi

    Avvalroq, voqea bo‘yicha dastlabki tafsilotlarni ma’lum qilgandik.