AsosiySiyosat

Erdo‘g‘an ham O‘zbekiston yetakchisini tug‘ilgan kuni bilan tabrikaladi

Turkiya lideri O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga sodiqligini aytgan.

'Erdo‘g‘an ham O‘zbekiston yetakchisini tug‘ilgan kuni bilan tabrikaladi'ning rasmi

Bugun, 24 iyul kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toib Erdo‘g‘an 68 yoshni qarshilagan Prezident Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Hurmatli Prezident janoblari, aziz qardoshim! Sizni tavallud ayyomingiz munosabati bilan chin qalbimdan tabriklagan holda, Yaratgandan siz, janobi oliylariga sihat-salomatlik va xotirjamlik tilayman”, — degan Erdo‘g‘an.

Shuningdek,  Turkiya rahbari o‘zining qutlovida global sinovlarga qarshi turkiy dunyoning farovonligi va taraqqiyotini ta’minlash maqsadida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama platformalarda, xususan, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga sodiq qolishini aytgan.

“Ayni qat’iyat siz, aziz birodarim tomonidan ham baham ko‘rilayotgani menga cheksiz mamnuniyat bag‘ishlaydi. Fursatdan foydalanib, siz, janobi oliylarini tavallud ayyomingiz bilan yana bir bor tabriklab, do‘st va qardosh o‘zbek xalqining taraqqiyoti va tinchligi yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz muvaffaqiyatli davom etishini tilab qolaman”, — degan Turkiya yetakchisi.

    Boshqa yangiliklar