AsosiyJinoyat

Toshkentda rossiyalik jurnalist halok bo‘lgan mehmonxona egasi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Ularning ayblovlari noqonuniy savdo faoliyati va bojxona qoidalarini buzish bilan bog‘liq.

'Toshkentda rossiyalik jurnalist halok bo‘lgan mehmonxona egasi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi'ning rasmi

2025 yil 25 iyul kuni Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida ochiq sud majlisi o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi Darakchi.uz’ga ma’lum qildi.

Sudya B.K. raisligida, xalq maslahatchilari E.A va Sh.M ishtirokida o‘tkazilgan jarayonda “Buran Horeca” MCHJ asoschisi A.X va uning sheriklari — Z.J, A.Y hamda N. Q nisbatan hukm o‘qildi.

Mazkur shaxslar 2025 yil boshidan beri gumon qilinib, sud jarayoni davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “a” bandi va 229-moddasi bo‘yicha ayblangan edilar.

Ularning ayblovlari noqonuniy savdo faoliyati va bojxona qoidalarini buzish bilan bog‘liq.

Sud qaroriga ko‘ra, A.X ga nisbatan 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Z.J, A.Y va N.Q har biri 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

A.Y ga sud 2025 yil 6–10 yanvar oralig‘ida qamoqda o‘tkazgan kunlari hisobga olinib, umumiy jazo muddati 2 yil 11 oy 25 kun etib belgilandi.

Shuningdek, sud hukmi bilan ularga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasi davom ettiriladi. Jinoiy yo‘l bilan olingan 103 dona isitish qozonlari maxsus tartibda yo‘q qilinishi belgilandi.

Sud jarayonida jabrlanuvchilarning qonuniy vakillari foydasiga jami 128 million so‘mdan ortiq moddiy zarar undirilishi belgilandi. Bu mablag‘ sudlanuvchilarning qarindoshlari tomonidan to‘liq taqdim etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Chirchiq daryosidan noqonuniy qum-shag‘al qazib olgan mansabdor qamaldi'ning rasmi

    Jinoyat 25.07.2025 20:05

    Chirchiq daryosidan noqonuniy qum-shag‘al qazib olgan mansabdor qamaldi

    6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan mansabdordan davlat foydasiga katta miqdorda zarar va jarima undirilishi ham belgilandi.

    'Toshkent viloyatida ikki fuqaro tomonidan noqonuniy diniy ta’lim tashkil etilgani aniqlandi'ning rasmi

    Jinoyat 21.07.2025 08:05

    Toshkent viloyatida ikki fuqaro tomonidan noqonuniy diniy ta’lim tashkil etilgani aniqlandi

    Holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi.

    'Toshkentda avtomashinada yirik yong‘in yuz berdi'ning rasmi

    Jinoyat 21.07.2025 00:59

    Toshkentda avtomashinada yirik yong‘in yuz berdi

    Hodisa ortidan 4 nafar kishi kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

    'Toshkentda IIO podpolkovnigi pora olayotganda ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 16.07.2025 07:31

    Toshkentda IIO podpolkovnigi pora olayotganda ushlandi

    Hozirda mansabdorga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish qo‘zg‘atilgan.

    'Hokim o‘rinbosari, statistikachi va pensiya jamg‘armasi rahbarining qilmishi fosh bo‘ldi'ning rasmi

    Jinoyat 15.07.2025 08:32

    Hokim o‘rinbosari, statistikachi va pensiya jamg‘armasi rahbarining qilmishi fosh bo‘ldi

    Yirik miqdordagi poraxo‘rlik, til biriktirish va mansabni suiiste’mol qilish holatlari ochiqlandi.

    'Hokim o‘rinbosari, agentlik va inspeksiya xodimlari pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 08.07.2025 07:17

    Hokim o‘rinbosari, agentlik va inspeksiya xodimlari pora bilan qo‘lga tushdi

    Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.