Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, xususan, savdo, iqtisodiy aloqalar va chegaraoldi infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar mintaqaviy integratsiya va barqaror taraqqiyot borasidagi harakatlarni muvofiqlashtirish zarurligini ham qayd etdi.
Muzokaralar yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi va 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi imzolandi.
Uchrashuv ishtirokchilari ikki mamlakat o‘rtasidagi ijobiy dinamika uzoq muddatli natijalarga olib kelishiga umid bildirdi.