AsosiyJinoyat

Jihod uchun Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan qo‘qonlik 6 yilga qamaldi

Telegram va Instagram orqali terrorchi guruhlar targ‘ibotini olib borgan.

'Jihod uchun Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan qo‘qonlik 6 yilga qamaldi'ning rasmi

Qo‘qon shahrida yashovchi shaxs 2021 yilda “Telegram” messenjerida kanal yaratib, unga aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni joylab, kanalning 9 nafar obunachisiga tarqatdi. Bu haqda D.uz DXX axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, u Instagram ijtimoiy tarmog‘ida hozirgi kunda Suriya davlatida faoliyat olib borayotgan “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotining instruktor va media targ‘ibotchisi bilan bog‘lanib, uning da’vatlari ta’siriga tushgan.

So‘ng, Suriya davlatiga jihod qilish uchun nima qilish kerakligi to‘g‘risida o‘zaro audio va xabar orqali yozishmalar olib borib, XTT safiga qo‘shilishga xayrixohlik bildirgan.

O‘z navbatida ushbu shaxs yaqin tanishlari va o‘zining sinfdoshlari orasida “jamoat” shakllantirib, ularni Suriya hududiga “hijrat” qilib, terrorchi guruhlar qatoriga qo‘shilishga da’vat qilgan.

DXX va boshq huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida uning noqonuniy harakatlari to‘xtatilgan.

Natijada, jinoyat ishlari bo‘yicha Furo‘at tuman sudi tomonidan Jinoyat Kodeksining 244 prim 1-modasi 3-qismi “g” bandi, 244 prim 2-modasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '“O‘zavtoyo‘lbelgi” rahbariyatiga jinoyiy ish ochildi'ning rasmi

    Jinoyat 23.02.2026 13:26

    “O‘zavtoyo‘lbelgi” rahbariyatiga jinoyiy ish ochildi

    “O‘zavtoyo‘lbelgi” DUKning 3 nafar mansabdori turli moddalar bo‘yicha ayblanib, sud jarayoni boshlandi.

    '"Bishkeklik manyak" tergov izolyatorida o'lik holida topildi'ning rasmi

    Jinoyat 09.02.2026 13:52

    "Bishkeklik manyak" tergov izolyatorida o'lik holida topildi

    Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi 1-sonli tergov hbsxonasida “bishkezlik manyak” nomi bilan tanilgan Qumarbek Abdirov o‘lik holida topildi.

    'Surxondaryoda ekologiya idorasi mansabdorisi pora bilan ushlangan'ning rasmi

    Jinoyat 09.02.2026 02:26

    Surxondaryoda ekologiya idorasi mansabdorisi pora bilan ushlangan

    Surxondaryo viloyatida daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq holat bo‘yicha dalolatnomani o‘zgartirib berish evaziga pora talab qilgan mansabdor shaxs qo‘lga olindi.

    'Otasini ayovsiz kaltaklab, uning o‘limiga sabab bo‘lgan erkak qamaldi.'ning rasmi

    Jinoyat 16.01.2026 06:52

    'Surxondaryoda 11-sinf o‘quvchisi 9-sinf qizini zo‘rlagani aytilmoqda'ning rasmi

    Jinoyat 13.01.2026 16:18

    Surxondaryoda 11-sinf o‘quvchisi 9-sinf qizini zo‘rlagani aytilmoqda

    Hodisa bir necha oy avval maktabdan tashqarida va o‘quv vaqtidan tashqari paytda yuz bergan.

    'Akmal Shukurovni ozod qilgan 4 nafar sudya qamoqqa olindi'ning rasmi

    Jinoyat 13.01.2026 15:36

    Akmal Shukurovni ozod qilgan 4 nafar sudya qamoqqa olindi

    Tungi klub oldida sodir etilgan og‘ir jinoyat bo‘yicha sud qarorini noqonuniy o‘zgartirishda ayblangan sudyalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.