AsosiySiyosat

Mirziyoyev Guterriш bilan nimani muhokama qildi?

So‘nggi bir necha yilda O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 13 ta rezolyutsiyasi qabul qilindi.

'Mirziyoyev Guterriш bilan nimani muhokama qildi?'ning rasmi

Bugun, 5 avgust kuni BMTning dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh kotibi António Guteresh bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Global va mintaqaviy taraqqiyotning dolzarb masalalari, shu jumladan BMT Bosh Assambleyasining bo‘lajak 80-yubiley sessiyasini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisi Bosh kotibning xalqaro tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, BMT va uning asosiy institutlarini zamonaviy voqelikka moslashtirish maqsadida isloh qilish borasidagi tashabbuslarini qat’iy qo‘llab-quvvatladi.

O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, António Gutereshning o‘tgan yil iyul oyidagi mamlakatimizga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bugungi kunda 160 ta qo‘shma dastur va loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

So‘nggi bir necha yilda O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 13 ta rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Joriy yilda Tashkilotning asosiy tuzilmalari va institutlari, jumladan, BMT-Habitat va UNICEF rahbarlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi, Toshkentda "BMT-Ayollar" tuzilmasining vakolatxonasi ochildi.

Davlat xizmati masalalari bo‘yicha forum birgalikda o‘tkazildi. Samarqand shahrida UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Mamlakat Global barqaror rivojlanish maqsadlari indeksi bo‘yicha eng ilgor beshta davlat qatoriga kirdi. BRMga erishish nuqtai nazaridan BMT bilan hamkorlik bo‘yicha yangi besh yillik dastur imzolanishi kutilmoqda.

Markaziy Osiyoda integratsiyani chuqurlashtirish, Afg‘onistonni mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma dastur va loyihalarni kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladilar

    Boshqa yangiliklar