AsosiyJinoyat

Mamlakatda 1 oyda 96 mlrd so‘mlik energiya o‘g‘irlandi

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

'Mamlakatda 1 oyda 96 mlrd so‘mlik energiya o‘g‘irlandi'ning rasmi

O‘zbekistonda 2025 yilning iyul oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida 96 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, O‘zenergoinspeksiya tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning 279 ta holati aniqlangan.

Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 485 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan chora ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

    Boshqa yangiliklar