AsosiyDunyo

Samarqandda 923 million so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanganlik fosh etildi

Ko‘p qavatli uyning qurilishi vaqtida 14 xonadon noqonuniy tarzda gaz tarmog‘iga ulangan.

'Samarqandda 923 million so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanganlik fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda yirik miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro U.G. Rudakiy ko‘chasida qurilgan ko‘p qavatli uydagi 14 ta xonadonni ruxsatsiz ravishda umumiy gaz tarmog‘iga ulang. Natijada davlatga 923,5 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoyat ishi ko‘zgatilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar