Davlat xavfsizlik xizmati maʼlumotiga koʻra, Oltainkʻoʻl tumanida yashovchi 1991 yilda tugʻilgan shaxs Latviyaga ishchi viza olish bahonasida 4 nafardan jami 10 ming dollar talab qilgan. Urganch shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda u pulni olgan paytda ushlangan. Shuningdek, Angren shahrida istiqomat qiluvchi 1997 yilda tugʻilgan shaxs ham Andijonlik fuqarolarga viza vaʼda qilib, 8250 dollar talab qilgan. U soʻralgan mablagʻning 2100 dollarini olgan paytda qoʻlga olingan. Har ikki holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmokda.