AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatining Chinoz, Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlarida hibsxonalar faoliyati tugatildi

Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ma’lum qildi.

'Toshkent viloyatining Chinoz, Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlarida hibsxonalar faoliyati tugatildi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Chinaz, Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi. Bu haqda Ombudsman ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda jamoatchilik guruhlari tomonidan 2025 yilning iyun oyida Quyi Chirchiq va Chinoz tumanlari IIB vaqtincha saqlash hibsxonalariga monitoring tashriflari o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Ichki ishlar vazirligiga Ombudsman taqdimnomasi kiritilgan.

Ombudsmanga xabar berishicha, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Quyi Chirchiq tumani IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga ventilyatsiya tizimi va radioeshittirish qurilmasi o‘rnatilgan. Kameralar va kerakli anjomlar bilan jihozlangan.

Shuningdek, sayr qilish hovlisi hamda sanitariya tarmoqlari (hojatxona, yuvinish joyi) da ta’mir ishlari olib borilgan va gigiena talablariga muvofiqlashtirilgan.

Shu bilan birga, shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiena qoidalari talablariga zid bo‘lgan Chinaz, Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati Ichki ishlar vazirining 2025 yil 21 iyuldagi tegishli buyrug‘i bilan tugatilgan.

    Boshqa yangiliklar