Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil 2-choragida O‘zbekistonning umumiy davlat qarzi 785 million dollarga ko‘payib, 43,38 milliard dollarni tashkil etdi.
Shundan 36,42 milliard dollari — tashqi qarz bo‘lib, uning 20,39 milliard dollari qat’iy, 15,87 milliard dollari esa o‘zgaruvchan foiz stavkalarida olingan.
Tashqi qarzlarning asosiy qismi uzoq muddatli kreditlardan iborat.
Ichki qarz miqdori esa 67 million dollarga kamayib, 6,96 milliard dollarni tashkil etgan.
Davlat qarzining YIMga nisbatan ulushi 33,6 foizdan 34,2 foizga ko‘tarilgan.