AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi yakunlandi

Prezident sammitlar, muzokaralar va harbiy paradda ishtirok etib, Toshkentga qaytdi.

'Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi yakunlandi'ning rasmi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 31 avgustdan 3 sentabrgacha davom etgan Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi oʻz yakuniga yetdi.

Tashrif davomida davlat rahbari bir qator muhim uchrashuvlar va xalqaro tadbirlarda ishtirok etdi. Prezident safar doirasida Tyantszin shahrida oʻtgan SHHT sammitining norasmiy tadbirlarida qatnashdi, 1 sentabr kuni esa tashkilotning davlat rahbarlari kengashi yigʻilishida va “SHHT+” formatidagi uchrashuvda nutq soʻzlab, koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirishga doir tashabbuslarni ilgari surdi.

2 sentabr kuni Pekinda XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar oʻtkazilib, ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim hujjatlar imzolandi. Shu kuni Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashuv oʻtkazdi.

Prezident, shuningdek, Xitoy Bosh vaziri Li Szyan, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari va biznes vakillari bilan samarali muzokaralar olib bordi. 3 sentabr kuni Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligiga bagʻishlangan tantanali harbiy paradda ishtirok etdi. Tashrif yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib ketdi.

    Boshqa yangiliklar