AsosiyJinoyat

Poytaxtda yo‘l haqi to‘lamagan 6 mingdan ziyod yo‘lovchi jazolandı

Qonunbuzarlar 41 ming 200 so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

'Poytaxtda yo‘l haqi to‘lamagan 6 mingdan ziyod yo‘lovchi jazolandı'ning rasmi

Toshkent shahrida yil boshidan beri 6 mingdan ortiq yo‘lovchi avtobusda yo‘l haqini to‘lamagani uchun jazolangan. Bu haqda Transport vazirligi matbuot kotibi xabar berdi.

Bildirilishicha, Transport nazorati inspektsiyasi hamda Toshkent shahar jamoat transportini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi tomonidan poytaxt avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlanayotgan yo‘lovchilarga nisbatan kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmogda.

Xabarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida 6182 nafar qoidabuzarga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi 5-bandiga asosan, yo‘lovchining shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi (41 ming 200 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar