AsosiyJamiyat

Konteyner uyga ko‘chib o‘tgan hokimning ostonasiga xat tashlab ketildi

Mazkur maktub bo‘yicha Norin tumani hokimligi munosabat bildirdi.

'Konteyner uyga ko‘chib o‘tgan hokimning ostonasiga xat tashlab ketildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Norin tumani hokimining yaqinda Prezident tashrifidan so‘ng ko‘chib o‘tgan konteyner uyi darvozasiga hat yopishtirib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi.

“Hurmatli hokim Jo‘rabek Nurmatov, sizning qaroringiz tufayli biz oilaviy uysiz qolgan edik. Onam sarson-sargardonlikda vafot etdi. Men turmush qurganman, ukam esa hanuz uysiz, uylanolmay, vatan qilolmay yuribdi. Ishonamizki, siz qachondir o‘z uyingizga qaytasiz, biz esa 13 yildan beri qaytolmayapmiz. Hurmat bilan Qo‘ldosheva Salima”, — deyiladi hatda.

Bugun, 24 sentabr kuni mazkur mak tub bo‘yicha Norin tumani hokimligi munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, fuqaroning hati yuzasidan hokimlik ishchi guruhi o‘rganish olib borgan. Murojaatchi fuqaro bilan ko‘rishib, hat yozish sababi so‘ralgan.

Aniqlanishicha, fuqaro Salima Qo‘ldosheva mavjud muammolari yuzasidan tuman hokimi yoki tuman hokimligiga avval murojaat qilmagan. Uning yuqorida qayd etilgan murojaati esa atroflicha o‘rganilgan. Hozirda tuman hokimi tomonidan S.Q.ga amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, “Ayollar daftari”ga ro‘yxatga kiritilgan.

“Ukasi A.Qo‘ldoshev ayni vaqtda xorijda bo‘lgani uchun mahalla yoshlar yetakchisi ishtirokida videoaloqa orqali gaplashgani, 10 kun ichida migratsiyadan qaytarish hamda o‘ziga mos ishga joylash choralari ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz”, — deyiladi habarda.

    Boshqa yangiliklar