Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy komissiya tomonidan 2025 yilgi paxta terim mavsumida o‘tkazilgan monitoringda 300 dan ortiq terimchi bilan qonuniy shartnomalar tuzilgani va mehnat sharoyitlari yaratilgani ma’lum qilindi.
Biroq, tekshiruv chog‘ida 11 ta holatda mehnat qonunchiligi buzilgani, 3 ta holatda esa majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan. Mazkur holatlar bo‘yicha mas’ullarga MJtKning 49 va 51-moddalari asosida chorakor ko‘rilgan.
Milliy komissiya majburiy mehnat har qanday sohada mutlaqo taqiqlanganini eslatib, barcha ish beruvchilarni xodimlar huquqlariga rioya qilishga chaqirdi.