AsosiyJamiyat

Toshkentda bola o'g'rilari paydo bo'ldimi?

Poytaxt IIBB matbuot xizmati rasmiy maʼlumot berdi.

'Toshkentda bola o'g'rilari paydo bo'ldimi?'ning rasmi

Toshkent shahrida bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani to‘g‘risidagi xabarlar yuzasidan poytaxt IIBB matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi. 

So‘nggi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda go‘yoki Toshkent shahrida bola o‘g‘rilari paydo bo‘lganligi, maktablar, ko‘p qavatli uylar oldida bolalarni aldab mashinaga solib olib ketishmoqchi bo‘lganligi haqida audioxabarlar tarqalgan.

Bildirilishicha, Toshkent shahrida so‘nggi besh yillik tahlillar jarayonida bola o‘g‘riligi holatlari qayd etilmagan va ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Boshqarma asoslanmagan va tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslikni hamda ularni tarqatmaslikni so‘ragan.

Avvalroq Toshkent viloyatida bola o‘g‘irlash haqidagi mish-mish bolakayning yolg‘on gapidan kelib chiqqani aniqlangandi. Bola so‘roqsiz do‘stining uyiga borgan, uni izlab topgan qarindoshlariga esa noqulay vaziyatdan chiqish uchun “meni o‘g‘irlab ketishmoqchi bo‘lishdi” mazmunida gapirgan.

    Boshqa yangiliklar