Rassiyaning Belgorod shahrida issiqlik elektr stansiyasiga zarba berilgach, butun shahar elektr ta'minotisiz qoldi.
28 sentyabr kuni kechqurun bir nechta kuchli portlash yuz berib, natijada Belgorod TES va “Luch” elektr stansiyasi isdan chiqqani aytilmogda. Hodisadan so'ng shahar bo'ylab elektr, suv va internet uzilib, jamoat transporti hamda svetoforlar to'xtab qoldi. Do'konlarning aksariyati yopildi yoki faqat naqd pul bilan xizmat qilmogda.
Viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov zarba oqibatida infratuzilmada jiddiy muammolar yuzaga kelganini tasdiqladi va zarur ob'ektlar zaxira generatsiyaga ulanganini bildirdi.