Qirg‘iziston prezidenti Sadi Japarov mamlakatda ayrim og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosini joriy etish taklifini ilgari surdi. Unga ko‘ra, bu chora ayollar va bolalarga qarshi vahshiylarcha sodir etilgan qotillik va zo‘rlash holatlariga nisbatan qo‘llanishi mumkin.
Davlat rahbari huquqiy boshqarma rahbari Murat Ukushevga ushbu taklif asosida qonun loyihasini ishlab chiqish topshirig‘ini bergan.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda o‘lim jazosi 2007 yildan beri amalda emas edi — mamlakat uni rasman bekor qilgan edi. Japarovning yangi taklifi jamoatchilik va inson huquqlari tashkilotlari tomonidan muhokamaga sabab bo‘lishi kutilmoqda.






