AsosiyJamiyat

Sirdaryoda o'g'il otasini haqorat qilib, uydan haydadi

Ota noilojlikdan IIVO xodimlariga murojaat qilgan.

'Sirdaryoda o'g'il otasini haqorat qilib, uydan haydadi'ning rasmi

Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida o‘z otasini haqoratlab, uydan haydab chiqargan o‘g‘il 5 sutkaga qamaldi.

Bildirilishicha, ota-o‘g‘il o‘rtasidagi janjallar oldin ham bo‘lib turgan. Buni mahalla inspektori ham tasdiqlagan. O‘g‘il o‘zining o‘rtoqlari bilan choyxonaga borgan va spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda o‘zining uyiga kelgan. Shundan so‘ng, uyda bo‘lgan yolg‘iz otasiga baqir-chaqir qilib, o‘zaro janjallashib, haqorat qilgan hamda ko‘chaga chiqarib yuborgan. Shundan so‘ng ota noilojlikdan IIO xodimlariga murojaat qilgan.

“Uyga kelib, menga tashlanib qoldi. Birinchi urmoqchi bo‘ldi, irdi ham. Sahar to‘rtgacha tashqarida o‘tirdim”— deydi ota.

Sudda ayblanuvchi spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lganini aytib, yengillik so‘ragan. Shu tariqa u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan va 5 sutka ma’muriy qamoqqa olish jazosi tayinlangan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O'zbekistonga xorijdan kelgan talabalar soni aytildi'ning rasmi

    Jamiyat 02.10.2025 22:12

    O'zbekistonga xorijdan kelgan talabalar soni aytildi

    Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3 179 nafarga koʻp boʻlib, oʻsish sur’ati 28,8 foizni tashkil etadi.

    'Kambagʻal oilalarga kredit berish tartibi belgilandi'ning rasmi

    Jamiyat 02.10.2025 19:29

    Kambagʻal oilalarga kredit berish tartibi belgilandi

    Vazirlar Mahkamasi qarori bilan "Kambagʻal oilalar reestriga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisida"gi nizom tasdiqlandi.

    'Oʻzbekistonning umumiy tashqi qarzi ilk bor 72 milliard dollardan oshdi'ning rasmi

    Jamiyat 02.10.2025 16:11

    Oʻzbekistonning umumiy tashqi qarzi ilk bor 72 milliard dollardan oshdi

    2025 yilning birinchi yarmida mamlakat umumiy tashqi qarzi 72,2 milliard dollarga etdi.

    'Samarqandda erkak ayolni zo‘ravonlik bilan mashinaga o‘tkazishga urindimi?'ning rasmi

    Jamiyat 02.10.2025 14:58

    ''ning rasmi

    Jamiyat 02.10.2025 14:24

    'Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilinishi boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 02.10.2025 12:58

    Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilinishi boshlandi

    Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirish mumkin.