2025 yil 1 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi avtobus bekatida 2000 yilda tug‘ilgan I.I. va 1998 yilda tug‘ilgan S.K. o‘rtasida avvaldan kelib chiqqan kelishmovchilik asosida janjal kelib chiqdi.
Suhbat paytida I.I. tanishi M.A. orqali S.K.ga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan. Javob tarigasida S.K. tanishi B.M. bilan birgalikda M.A.ni avtomashina belgisi bilan urib, unga ham tan jarohati yetkazgan.
Har ikki jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmogda.