7 oktyabr kuni Oy perigey nuqtasiga yaqinlashib, Yerga eng yaqin masofada joylashadi. Bu astronomik hodisa tufayli osmondagi Oy odatdagidan kattaroq va yorqinroq koʻrinadi. TASS xabariga koʻra, ertaga Oy bilan Yer orasidagi masofa 360 ming kilometrdan ham qisqaradi, bu esa Oy Yerdan eng uzoq boʻladigan masofadan (406 ming km) 14 foiz yaqinroq deganidir. Odatda, Yer bilan Oy orasidagi oʻrtacha masofa 384,4 ming kilometrni tashkil qiladi. Astronomlarning taʼkidlashicha, bu holatda Oy odatdagidan kattaroq va yorqinroq koʻrinadi, ammo bu toʻliq Superoy emas. Oktyabr oyida kuzatiladigan boshqa muhim osmon hodisalari: 8 oktyabr — Oy biroz uzoqlashadi, 13 oktyabr — Oy Yupiter yonida koʻrinadi, 19 oktyabr tongida — Oy Zuhro (Venera) yaqinida boʻladi, 23 oktyabr — Oy Yerga eng uzoq nuqtaga (406 ming km) etadi. Osmon hodisalarini kuzatish uchun ob-havo sharoitlari qulay boʻlsa, tungi osmon goʻzal manzara taqdim etishi kutilmogda.
Boshqa yangiliklar

Bu qiziq Bugun 19:21
Kapadze Indoneziya safari maqsadini ochiqladi
Temur Kapadze Indoneziyaga tashrifi terma jamoa boshqarishi bilan bog'liq emasligini, safar faqat reklama va turizm maqsadida amalga oshirilganini ma'lum qildi.

Bu qiziq Bugun 15:57
“Koinot go‘zali – 2025” tanlovida Meksika vakili Fotima Bosh g‘olib bo‘ldi
Unga gʻoliblik tojini 2024-yilgi miss — daniyalik Viktoriya Teylvig topshirdi.

Bu qiziq Bugun 14:57
Temur Kapadze Indoneziyaga bordi
Murabbiy hozirda muzokaralar uchun Jakartada bo‘lib turibdi.

Bu qiziq Bugun 11:06
Kambagʻal oilalar yoshlariga armiya va "prava" uchun toʻlov davlat hisobidan qoplanadi
1 fevraldan Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan yoshlar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘taydi.

Bu qiziq Bugun 07:56
Bugun harorat 21 darajagacha iliydi
"O'zgidromet" bugun, 21 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Bu qiziq 20.11.2025 16:42
Markaziy bank valyuta kurslarini e'lon qildi
Dollar qimmatlashdi, evro arzonlashdi, oltin narxi oshdi.
