O‘zbekiston aholisining qancha qismi sport bilan shug‘ullanishi ma’lum qilindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Bildirilishicha, 2025 yilning yanvar—avgust oylarida jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ulushi 68,3 foizni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkichlar uy xo‘jaliklarining tanlama kuzatuvlari asosida shakllantirilgan.
Jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadigan fuqarolar ulushi 2021 yilda 60,9 foiz, 2022 yilda 62,3 foiz, 2023 yilda 63,7 foiz, 2024 yilda 67,8 foiz va 2025 yilning 8 oyi ichida 68,3 foizni tashkil etgan. Aholining ushbu qatlami 5 yilda qariyb 8 foizga oshgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar—iyul oylarida sport, ko‘ngilochar va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 2,5 trillion so‘mni tashkil etgandi.