AsosiyDunyo

Qoraqalpog‘istonda mudhish voqea yuz berdi

Yo'lovchi poezdi va yuk mashinasi to'qnashdi.

'Qoraqalpog‘istonda mudhish voqea yuz berdi'ning rasmi

2025 yilning 6 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yo‘lovchi poyezdi va yuk mashinasi to‘qnashdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea soat 15:31 da Qo‘ng‘irot mintaqaviy temiryo‘l uzeliqa qarashli To‘rtko‘l – Ellikqal’a stansiyalari oraliqining 531 km 8-piketida joylashgan qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. Qo‘ng‘irot – Andijon yo‘nalishidagi 128-sonli yo‘lovchi poyezdi harakati davomida temiryo‘l kesishma signal belgilariga qaramay harakatlangan “KamAZ” rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.

Oqibatda yuk avtomobili haydovchisi shifoxonaga jo‘natilgan. Yo‘lovchi poyezdida 216 ta yo‘lovchi bo‘lib, ularning sog‘lig‘iga zarar yetmagan. Teplovoz poyezdini olib keta olmaganligi sababli O‘zTE16M2 rusumli 025 sonli teplovoz soat 16:15 da voqea joyidan jo‘natilgan.

“Voqea joyiga tegishli rahbarlar va huquqni himoya qilish organlari xodimlari yetib borgan. Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan o‘tgan Baday va Beruniy stansiyalari o‘rtasidagi 592-kilometrda qo‘riqlanmagan temiryo‘l kesishmasida yuk mashinasi hamda poyezd to‘qnashib ketgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30