AsosiyJamiyat

Izhro hokimiyatida 2 mingdan ortıq ish o‘rni qisqartiriladi

Eng koʻp qisqartirish Soliq qoʻmitasida amalga oshiriladi.

'Izhro hokimiyatida 2 mingdan ortıq ish o‘rni qisqartiriladi'ning rasmi

Prezident farmoniga muvofiq, ijro hokimiyati organlarida raqamlashtirishni kengaytirish va boshqaruv tizimini maqbullashtirish maqsadida 2141 ta shtat birligi qisqartiriladi.

Ularning 1863 tasi byudjet tashkilotlaridan, 278 tasi esa byudjetdan tashqari jamg'armalardan qisqartiriladi. Eng katta qisqartirishlar Soliq qo'mitasi (498 ta), Suv xo'jaligi vazirligi (224 ta) va Qishloq xo'jaligi vazirligi (200 ta)da amalga oshiriladi.

Shuningdek, 16 ta rahbar o‘rinbosari lavozimi tugatilib, boshqaruv xodimlari soni 46 989 nafardan oshmasligi belgilandi. Qisqartirilgan xodimlarni ish bilan ta'minlashda Bandlik vazirligi va kasaba uyushmalari ko'maklashadi.

    Boshqa yangiliklar