AsosiyJinoyat

Toshkent viloyatida hokimlik yuriskonsult'i pora olganda ushlandi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bo‘yicha ish qo‘zgatilgan.

'Toshkent viloyatida hokimlik yuriskonsult'i pora olganda ushlandi'ning rasmi

Toshkent viloyatidagi Ohangaron tuman hokimligi bosh yuriskonsulti fuqaro nomiga uyni rasmiylashtirish evaziga pora olgan paytda qo‘lga olingan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tezkor tadbirida u "Eyvaylek" mahallasida joylashgan hokimlik balansidagi xonadonni rasmiylashtirish uchun 1500 dollar talab qilgani ma’lum bo‘ldi.

Ashyoviy dalillar bilan ushlangan mansabdor avval ham bir necha bor sudlanganligi aniqlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan.

    Boshqa yangiliklar