Xitoylik olimlar ilk bor inson organizmiga genetik o'zgartirilgan cho'chqa jigarini muvaffaqiyatli ko'chirib o'tkazishdi.
Tajriba doirasida xavfli o'sma tufayli jigarning bir qismi olib tashlangan bemorga donor sifatida modifikatsiya qilingan cho'chqa jigari tanlangan.
Tibblar ma'lum qilishicha, ko'chirilgan jigar inson organizmida o't suyuqligi hamda qon ivishi uchun zarur bo'lgan muhim oqsillarni ishlab chiqara olgan.
Bu, o'z navbatida, jigar funktsiyasining vaqtincha tiklan'ganini anglatadi.
Biroq, operatsiyadan so'ng 38-kunga kelib jiddiy asoratlar kuzatilgan. Bemor yangi jigar bilan jami 171 kun umr ko'rgan.
Shunga qaramay, mutaxassislar buni katta ilmiy yutuq sifatida baholashmoqda, chunki bu tibbiyotda odam a'zolari yetishmovchiligi muammosini hal etishda yangi yo'l ochishi mumkin.