Mamlakati mizda ochiqlik siyosatining yuritilishi, yangilanish sari keng kўlamli islohotlar amalga oshirilishi natijasida boshqa sohalar singari sport, xususan, futbol infratuzilmasiga xalqaro sport tashkilotlarining e’tibori ortmoqda.
Ўtgan 2-3 yil oralig‘ida mamlakati mizga xalqaro sport tashkilotlari rahbarlarining amaliy tashriflari ko‘paydi.
Xususan, Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi rahbari 1-2 yil ichida 3-4 marta Toshkentga kelib ketdi va bu jarayon oddiy holga aylanib qoldi.
Ushbu tashriflar jarayonidagi mulоqotlar natijasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan FIFA hamkorligida ko‘plab loyihalarni amalga oshirishga kirishildi.
2024 yili ilk bor futzal bo‘yicha FIFA miqyosidagi jahon chempionatini qabul qilgan bo‘lsa, 2027 yili yoshlar o‘rtasidagi jahon birinchi ligiga mezbonlik qilishga hozirlanmoqda.
FIFAning futbolda texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli rivojlanish qo‘mitasi bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
Aytish lozim, mazkur qo‘mita golni aniqlash texnologiyasi, yarim avtomatik ofsayd tizimi, raqamli monitoring, sun’iy intellekt kabi innovatsion yechimlarni rivojlantirish, sinovdan o‘tkazish va futbolga joriy etish ustida ish olib boradi.
FIFA Kengashining qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov 2025-2029 yillar uchun ushbu qo‘mita raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shuningdek, O‘FA Bosh kotibi Avaz Maksudov Sohil futboli qo‘mitasi, O‘FA ayollar futbolini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Yuliya Panina Ayollar milliy terma jamoalari o‘rtasidagi musobaqalar qo‘mitasi a’zoligiga tayinlandi.