AsosiySiyosat

Prezident Mirziyoyev “Yangi Toshkent” aeroporti qurilishiga tamal toshi quyadi

Davlat rahbari bugungi kun davomida bir qator rasmiy uchrashuv va tashriflarni amalga oshiradi.

'Prezident Mirziyoyev “Yangi Toshkent” aeroporti qurilishiga tamal toshi quyadi'ning rasmi

15 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida barpo etilayotgan “Yangi Toshkent” xalqaro aeroporti qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Shuningdek, Prezident Toshkent shahridagi qator ishlab chiqarish obyektlari bilan tanishishi, Sauudiya Arabistoni sarmoyalar vaziri Xolid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilishi ham rejalashtirilgan.

Ushbu uchrashuv doirasida ikki mamlakat biznes doiralari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama etiladi.

    Boshqa yangiliklar