AsosiySiyosat

Mirziyoyev Saudiya investitsiyalar vaziri bilan 27 milliard dollarlik loyihalarni muhokama qildi

Томонлар энергетика, инфратузилма ва кишлок хўжалиги бўйича устувор лойиҳаларни муҳокама қилди.

'Mirziyoyev Saudiya investitsiyalar vaziri bilan 27 milliard dollarlik loyihalarni muhokama qildi'ning rasmi

15 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Sauidiya Arabistonining investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihni qabul qildi. Sauidiya podshosi Salmon bin Abdulaziz va valiahd Muhammad bin Salmonning salomi yetkazildi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston va Sauidiya Arabistoni o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar portfeli 27 milliard dollarga etgan. Energetika sohasida ACWA Power kompaniyasi bilan 15 milliard dollarlik yirik loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Hukumatlararo komissiya va Ishbilarмонlar kengashi doirasida yangi bitim va shartnomalar imzolangan. Tomonlar "yashil" energetika, qishloq xo‘jaligi, ko‘chmas mulk va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalarni jadallashtirishga kelishib oldi.

    Boshqa yangiliklar