DHXning Samarqand viloyati boshqarmasi Narpay tumanida o‘tkazgan tezkor tadbir davomida Navoiy viloyatida yashovchi 1980, 1983 va 1987 yillarda tug‘ilgan uch kishi “shartli xaridor”ga 18 kilogramm kumush qotishmasini har grammiga 11 700 so‘mdan sotayotgan paytda ushlangan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, topilgan metallning sof og‘irligi 16 kilogramm 744 grammni, asillilik darajasi esa “999”ni tashkil etadi. Unging umumiy qiymati 502 million 344 ming so‘mgа teng deb baholangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi “a” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Kumushning kelib chiqish manbasini aniklash bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.