AsosiyJamiyat

Toshkentda talaba yigit balcondan tushib ketmoqchi bo'lgan bolani qutqarib qoldi

Toshkent shahar IIBB voqea tafsilotlarini ochiqladi.

'Toshkentda talaba yigit balcondan tushib ketmoqchi bo'lgan bolani qutqarib qoldi'ning rasmi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida balkondan tushib ketishi mumkin bo‘lgan go‘dakni bir yigitdan qutqarib qolgani aks etgan video tarqalgan.  Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, 4-qavatdan tushib ketishi mumkin bo‘lgan bolakayni 5-qavatda yashovchi talaba yigit qutqarib qolgan. “Taxminan soat 11 larda edi. Birdan baqir-chaqir ovozlari eshitildi. Pastdagi qo‘shnimizning farzandlari balkondan tushib ketayotgan ekan. Hech qanday himoya vositalarisiz pastga tushishga to‘g‘ri kelib qoldi. Pastga tushib, bolani qutqarib qoldik. Uchta farzandlari bor ekan, uchalasini ham olib, ichkariga kiritib qo‘ydik”, deydi talaba yigit. Voqeadan so‘ng holat yuzasidan mahalla profilaktika inspektori bolalarning onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazgan. “Biz ham pastda mahalladagilar bilan xavfsizlik chorasini ko‘rib turgan edik. Shu paytda 5-qavatda yashovchi fuqaromiz jonbozlik ko‘rsatib, 4-qavatga sakrab tushdi va bolaning jonini saqlab qoldi”, deydi profilaktika inspektori Nodir Oxunov.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda avtobus, Cobalt va BYD to‘qnashdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:06

    Toshkentda avtobus, Cobalt va BYD to‘qnashdi

    YTHga avtobus oraliq masofani saqlamasdan harakatlangan sabab bo‘lgan.

    'Oliy sud: Taftish tartibida quyi sudlarning 130 ta qarori bekor qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:16

    Oliy sud: Taftish tartibida quyi sudlarning 130 ta qarori bekor qilindi

    Sudlarga qaysi yo‘nalishlarda ko‘proq da’vo arizalari kelib tushmoqda?

    'Afgʻonistondan Andijonga olib ketilayotgan qariyb 5 kg gashish Ohangaron postidan oʻtolmadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:52

    Afgʻonistondan Andijonga olib ketilayotgan qariyb 5 kg gashish Ohangaron postidan oʻtolmadi

    Shuningdek, Buxoroda salqam 50 kg giyohvandlik vositasi yashirilgan joy topildi. U O‘zbekiston hududidan transit sifatida olib o‘tilishi kerak bo‘lgan.

    'Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:14

    Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    Respublika boʻylab havo harorati sezilarli darajada pasaydi.

    'Endi reklamalarda kreditning salbiy oqibatlari haqida ogohlantirish berilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 17.10.2025 17:15

    Endi reklamalarda kreditning salbiy oqibatlari haqida ogohlantirish berilishi mumkin

    Raqobat qoʻmitasi Markaziy bank bilan hamkorlikda "Reklama toʻgʻrisida"gi qonunga tegishli qoʻshimchalar kiritishni taklif qilmoqda.

    'Toshkentda Chery Malibu ustiga chiqib qoldi'ning rasmi

    Jamiyat 17.10.2025 16:54

    Toshkentda Chery Malibu ustiga chiqib qoldi

    Holat yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.