AsosiyDunyo

Yamanda husiylar 20 nafar BMT hodimini hibsga oldi

Hodimlar josuslikda ayblandi, ularning ayrimlari so‘roqdan so‘ng ozod qilindi.

'Yamanda husiylar 20 nafar BMT hodimini hibsga oldi'ning rasmi

Yaman poytahti Sana shahrining janubi-g‘arbiy qismida husiy isyonchilari BMTga qarashli 20 nafar xodimni josuslikda ayblab hibsga oldi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Ular orasida 5 nafar yamanlik va 15 nafar chet ellik xodim bo‘lgan. 19 oktyabr kuni ularning 11 nafari so‘roqdan so‘ng ozod qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu 24 soat ichida BMT binosiga uyushtirilgan ikkinchi reyd hisoblanadi.

BMT vakilining so‘zlariga ko‘ra, husiylar tashkilot binosidagi barcha aloqa vositalarini — telefonlar, serverlar va kompyuterlarni musodara qilgan.

Hibsga olinganlar orasida UNICEF, Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) va Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) xodimlari ham bor.

Avvalroq, husiylar shu yilning 31 avgustida ham BMT xodimlarini hibsga olib, texnik jihozlarni musodara qilgani ma’lum qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar