AsosiyDunyo

Netanyahu Misr razvedkasi rahbari bilan nimani muhokama qildi?

Uchrashuv 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan.

'Netanyahu Misr razvedkasi rahbari bilan nimani muhokama qildi?'ning rasmi

Misr razvedkasining rahbari Hasan Rashod 21 oktyabr kuni Quddusda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashdi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, suhbatning maqsadi AQSh qo'llab-quvvatlagan G'azo bo'yicha sulhni mustahkamlash bo'lgan.

"Bosh vazir Binyamin Netanyaxu va uning mutaxassislar jamoasi Misr razvedkasining rahbari bilan Quddusdagi bosh vazir idorasida uchrashdi. Uchrashuv chog'ida prezident Trampning rejasini ilgari surish, Isroil–Misr munosabatlarini mustahkamlash, ikki mamlakat o'rtasidagi tinchlikni yanada rivojlantirish hamda boshqa mintaqaviy masalalar muhokama qilindi", deyiladi bayonotda.

Gap AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan, dastlabki sulhni o'z ichiga olgan G'azo bo'yicha "yo'l xaritasi" haqida ketmoqda. Misrning davlatga yaqin Extra News nashrining xabar berishicha, Rashod Isroilda bo'lib turgan AQShning Yaqin Sharq bo'yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan ham uchrashdi.

Rashodning Quddusga safari Isroil va HAMAS o'rtasida e'lon qilingan sulh boshlanaganiga bir haftadan ortiq vaqt o'tgan paytga to'g'ri keldi.

    Boshqa yangiliklar