AsosiyJamiyat

Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi

2025 yil 3 noyabrdan Chevrolet Cobalt avtomobillarining yangi versiyalari sotuvi boshlanadi.

'Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi'ning rasmi

2025 yil 3 noyabrdan Chevrolet Cobalt avtomobillarining yangi versiyalari sotuvi boshlanadi. Yangi versiyadagi avtomobillarning ko‘rgazma namunalari allaqachon dilerlik markazlariga yetkazib berilgan bo‘lib, mijozlar ular bilan tanishib, xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishlari mumkin.

Chevrolet Cobalt avtomobillariga bo‘lgan yuqori talab va mijozlardan kelib tushayotgan ko‘plab so‘rovlarni inobatga olgan holda, shuningdek, ortiqcha ajiotajning oldini olish maqsadida, “UzAuto Motors” AJ Chevrolet Cobalt avtomobillariga kontraktatsiya jarayoni onlayn tarzda amalga oshirilishini ma’lum qildi. Onlayn shartnoma tuzish jarayonida Chevrolet Cobalt avtomobillarining barcha komplektatsiyalari, shu jumladan ikkita yangi komplektatsiya ham mavjud. 

2025 yil 3 noyabr soat 10:00 dan boshlab mijozlarga  Chevrolet Cobalt uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi va uz.avtosavdo sayti orqali amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. 

Shuningdek, 3 noyabr kuni barcha Chevrolet dilerlik markazlari yopiladi va “UzAuto Motors” savdo tizimidan uziladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:55

    'UNESCO ishlari bo‘yicha milliy komissiyalarning XII mintaqalararo uchrashuvi o‘z ishini boshladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:52

    UNESCO ishlari bo‘yicha milliy komissiyalarning XII mintaqalararo uchrashuvi o‘z ishini boshladi

    Uchrashuvga raislik qilish uchun saylangan Gayane Umerova o‘z nutqida Samarqandning tamaddunlar chorrahasi sifatidagi ramziyligini ta'kidladi.

    'Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan moddiy yordam beriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:22

    Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan moddiy yordam beriladi

    Dastur doirasida jami 1,2 trillion so‘m mablag‘ Davlat byudjetidan ajratilishi rejalashtirilgan.

    'Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:07

    Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

    Serbiya Prezidenti xorijiy davlat rahbarlari orasida Markazga tashrif buyurgan ilk yetakchi boʻldi.

    'Mansabdor qarzini so'ragan ayolga tunni ishxonasida birga o'tkazishni taklif qildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:56

    Mansabdor qarzini so'ragan ayolga tunni ishxonasida birga o'tkazishni taklif qildi.

    Tarmoqlarda ularning o'zaro suhbati aks etgan video tarqaldi.

    'Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat test javoblari soldimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:27

    Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat test javoblari soldimi?

    Bilim va malakalarni baholash agentligi holat yuzasidan izoh berdi.