AsosiyJamiyat

Mansabdor qarzini so'ragan ayolga tunni ishxonasida birga o'tkazishni taklif qildi.

Tarmoqlarda ularning o'zaro suhbati aks etgan video tarqaldi.

'Mansabdor qarzini so'ragan ayolga tunni ishxonasida birga o'tkazishni taklif qildi.'ning rasmi

Farg‘ona viloyati Oltiariq tuman Madaniyat bo‘limi boshlig‘i Elbek Madaliyev tanish ayoldan olgan qarzini qaytarish uchun bir kecha ishxonasida birga qolishni taklif qildi. Tarmoqlarda ularning o‘zaro suhbati aks etgan video tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol bo‘lim boshlig‘i bilan telefon orqali muloqot qilar ekan, bergan pullarini qaytarishini so‘raydi. Mansabdor esa bu pullarni olish uchun yana bir kechani u bilan birga o‘tkazishi kerakligini aytadi. Aks holda pulni qaytarmasligini bildiradi. Ayol esa bir marta bunday xatoga yo‘l qo‘yganini, ammo endi bu xatoni takrorlamasligini aytib, uni davlat ishxonasini israthonaga aylantirishda ayblaydi. Shuningdek, bu haqda mas’ullarga shikoyat qilishini bildiradi.

“Qo‘lingdan kelganini qil”, — degan Elbek Madaliyev.

Suhbatdosh ayol uning ovozlari yozilayotganini aytgach, mulozim unga viloyat hokimi ham hech qanday chora ko‘rolmaganini qo‘shimcha qiladi.

“Agar ishdan haydatsang, Elbek otimni boshqa qo‘yman. Bilmasang bilib ol, men hokimning yalyubimchigiman‘. Hammami ishdan haydasa ham meni haydamaydi”, — degan Madaniyat bo‘limi boshlig‘i.

Elbek Madaliyev so‘zida shunday davom etgan: “Sendan oldin viloyat hokimiga ham borishdi, viloyat hokimi ham hech narsa qilolmadi. Yozib olganingni sun’iy intellekt yordamida yasashgan deb tan olmasam qo‘lingdan nima keladi?”.

Hokimlik vakilisining bildirishicha, mas’ullar tuman Madaniyat bo‘limi boshlig‘i Elbek Madaliyev bilan suhbatlashib, voqeaga izoh so‘ragan. Mansabdor videoda ta’kidlaganidek, bu sun’iy intellekt ekanini aytgan.“Hozircha u bu so‘zlashuv sun’iy intellekt ekanini aytmoqda. Isbotlayman demoqda. Kutayapmiz”, — deydi hokimlik axborot xizmati rahbari.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:55

    'UNESCO ishlari bo‘yicha milliy komissiyalarning XII mintaqalararo uchrashuvi o‘z ishini boshladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:52

    UNESCO ishlari bo‘yicha milliy komissiyalarning XII mintaqalararo uchrashuvi o‘z ishini boshladi

    Uchrashuvga raislik qilish uchun saylangan Gayane Umerova o‘z nutqida Samarqandning tamaddunlar chorrahasi sifatidagi ramziyligini ta'kidladi.

    'Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan moddiy yordam beriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:22

    Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan moddiy yordam beriladi

    Dastur doirasida jami 1,2 trillion so‘m mablag‘ Davlat byudjetidan ajratilishi rejalashtirilgan.

    'Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:07

    Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

    Serbiya Prezidenti xorijiy davlat rahbarlari orasida Markazga tashrif buyurgan ilk yetakchi boʻldi.

    'Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:19

    Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi

    2025 yil 3 noyabrdan Chevrolet Cobalt avtomobillarining yangi versiyalari sotuvi boshlanadi.

    'Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat test javoblari soldimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:27

    Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat test javoblari soldimi?

    Bilim va malakalarni baholash agentligi holat yuzasidan izoh berdi.