AsosiyJamiyat

Rossiya–Ukraina urushida 480 dan ortik o‘zbekistonlik halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

2 700 dan ortiq o‘zbekistonlik Rossiya Qurolli Kuchlarida xizmat qilmogda.

'Rossiya–Ukraina urushida 480 dan ortik o‘zbekistonlik halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

"Yashashni xohlayman" loyihasi Rossiya safida urishayotgan o‘zbekistonlik yollanma askarlar orasida 481 nafar halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan fuqaroni aniqladi. Tadqiqotda bu faqat ochiq manbalardagi ma’lumotlar ekani, haqiqiy son bundan ko‘p bo‘lishi mumkinligi aytiladi. Loyiha ma’lumotlariga ko‘ra, 2 700 dan ortiq o‘zbekistonlik Rossiya Qurolli Kuchlarida xizmat qilmogda — ularning bir qismi ish va’da qilingan yoki tahdid ostida shartnoma imzolagan. Mehnat muhojirlari sonining ko‘pligi va ish topishdagi qiyinchiliklar ularni yollovchilar nishoniga aylantirgan. Hisobotda Rossiya urushdagi inson resursi tanqisligini muhojirlar hisobidan to‘ldirayotgani, hatto "o‘lim kontraktchilari"ni topganlarga mukofot berilishi qayd etilgan. O‘zbekiston hukmati esa fuqarolarga urush xavfi haqida ogohlantirish ishlarini olib borayotganini bildirgan, biroq loyiha mualliflari bu choralar hozircha yetarli emasligini ta’kidlagan.

    Boshqa yangiliklar