AQSh Prezidenti Donald Trump Mudofaa vazirligiga yadroviy qurol sinovlarini darhol boshlash haqida topshiriq berdi. Bu haqda u o‘zining Truth Social tarmog‘ida yozgan.
Trumpning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar “boshqa yadroviy davlatlar bilan teng asosda harakat qilishi” kerak. U mamlakatta eng katta yadroviy arsenal mavjudligini ta’kidlab, bu qaror “boshqa variant qolmaganligi uchun” qabul qilinganini yozgan.
Vashington bu qarorni Rossiyaning “Burevestnik” raketasi sinovlari e’lon qilinganidan so‘ng qabul qildi. AQSh 1992 yildan beri yadroviy sinovlarga moratoriyga amal qilib kelayotgan edi. Trumpning bu qarori xalqaro hamjamiyatda keskin munozaralarga sabab bo‘lishi kutilmoqda.






