Qozog‘iston prezidentining sobiq maslahatchisi Yerjan Babakumakov Ostona shahrida sodir bo‘lgan janjal oqibatida vafot etdi, deb xabar berdi Orda.kz.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 56 yoshli Babakumakov 36 yoshli erkak bilan kelishmovchilikka borgan. Nizo mushtlashuvga aylanib, natijada u hayot bilan mos kelmaydigan jarohatlar olgan. Politsiya hodisa yuzasidan jinoyiy ish qo‘zg‘atgan va gumonlanuvchini hibsga olgan.
Babakumakov 1991 yilda Al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston davlat universitetini tamomlagan. U turli yillarda Olmaota ma’muriyati, prezident ma’muriyati, Madaniyat vazirligi va bosh vazir devonida faoliyat yuritgan.
2019 yilda Qasim-Jomart To‘qayev prezident bo‘lganida, Babakumakov uning maslahatchisi sifatida ishlagan. Keyinchalik u Olmaota shahar hokimi o‘rinbosari lavozimini egallagan va 2022 yilda lavozimidan ketgan.






