AsosiyDunyo

Trump qochqinlar soniga keskin cheklov kiritdi

AQSh prezidenti qochqinlar kvotasini 125 mingdan 7,5 ming nafargacha qisqartirdi.

'Trump qochqinlar soniga keskin cheklov kiritdi'ning rasmi

Donald Trump ma'muriyati qochqinlarni qabul qilish kvotasini tarixdagi eng past darajagacha tushirdi.

"Bloomberg" xabariga ko'ra, bu qaror "milliy manfaatlar va gumanitar sabablarga ko'ra" qabul qilingan.

Yangi siyosatga ko'ra, ko'chirishda ustuvorlik oq tanli janubiy afrikaliklarga beriladi. Inson huquqlari tashkilotlari bu qarorni keskin tanqid qilib, u ilgari tasdiqlangan nomzodlarning AQSHga kirish jarayonini to'xtatishini bildirdi.

Trump shuningdek, 12 mamlakat fuqarolari uchun AQSHga kirishni taqiqladi va ayrim shtatlarda immigratsiya reydlari ortidan noroziliklar kuchaydi.

    Boshqa yangiliklar