AsosiyDunyo

Trumpning yigʻilishdagi suratlari tanqidlarga sabab boʻldi

AQSh Prezidenti Donald Trumpning Oq uydagi yig'ilish paytida ko'zlarini yumgan holdagi suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

'Trumpning yigʻilishdagi suratlari tanqidlarga sabab boʻldi'ning rasmi

CNNning xabar berishicha, dam olish kunlari ijtimoiy tarmoqlarda Trumpning Oq uyda o‘tgan tadbirda ko‘zlarini yumgan holda o‘tirgan suratlari keng tarqaldi.

Prezident o‘sha kuni mashhur ozish dorilari vositalarining narxi pasaytirilgani haqidagi e’lon marosimida ishtirok etgan.

Nashr yozishicha, "ba’zi lavhalarda Trumpning ko‘zlari butunlay yumilgan, boshqalarida esa uni ochiq tutishda qiynalayotgandek ko‘ringan". Shu sababli u yig‘ilish paytida uxlab qolgani haqidagi fikrlar tarqalgan.

Kaliforniya gubernatori va Prezidentning siyosiy raqibi Gavin Newsomning matbuot xizmati suratlarni "Uyquchi Don qaytdi" degan yozuv bilan e’lon qildi.

Bu tanqidlarga javoban Oq uy vakili Taylor Rogers Trump uxlamaganini ta’kidladi: "Prezident butun tadbir davomida faol ishtirok etgan, so‘zlagan va jurnalistlarning savollariga javob bergan.

Bu tadbir diabet, semizlik va yuraq-qon tomir kasalliklari bilan kurashishda yordam beruvchi ikki muhim dori narxini tarixiy darajada pasaytirish haqida edi", — dedi Oq uy vakili.

    Boshqa yangiliklar